"Paxtakor"ga o'tishi takidlangan Adebayorga francuz klubi shartnoma taklif qildi

20 dek 2019, 00:04
"Real", "Arsenal", "Tottenxem", "Manchester Siti" kabi klublarda o'ynagan hujumchi hozir erkin agent maqomida turibdi.

Avvalroq, togolik hujumchi Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.  

Ammo "RMC Sport" xabariga ko'ra, Emmanuel Adebayor faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin ekan. "Nim" klubi 35 yoshli hujumchiga mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, Adebayorning so'nggi klubi Turkiyaning "Kayserispor" klubi bo'lgandi.


Manba: RMC Sport