"Paxtakor"da ishlagan mutaxassis Armaniston klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
25 noya 2019, 18:20
Aleksandr Grigoryan Erevanning "Urartu" klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

53 yoshli Grigoryan "Urartu"da Ilshat Fayzulinni o'rnini egalladi. U oilaviy sabablarga ko'ra klubni tark etdi.

"Urartu" 14 turdan so'ng Armaniston chempionatida 10ta jamoa orasida 8-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Grigoryan 2015 yilda "Paxtakor"da ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fcurartu