"Paxtakor" yarim himoyachisi Isroil klubiga o'tdi FOTO

Narzulla Saydullayev
1 fev 2018
"Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Gidi Kanyuk faoliyatini o'z yurtida davom ettiradigan bo'ldi.

Futbolchi Tel-Avivning "Makkabi" klubiga o'tganini o'zining instagramidagi sahifasida e'lon qildi. Kanyuk "Paxtakor"ga kelishidan oldin Petax-Tikvaning "Makkabi" klubida faoliyat olib borgan edi. 

Vikipediya yarim himoyachi "Paxtakor" klubi tomonidan ijaraga berilganini qayd etgan. O'tgan yozda Gidi Kanyuk "sherlar" bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekkan edi. 



"Makkabi Tel-Aviv" klubining instagramidagi rasmiy sahifasi ham Kanyukning kelganini e'lon qildi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia