Davlatobod tumanidagi futbol maktabi yangicha qiyofaga kiradi. Namangan viloyat hokimi vaziyatni o'z nazoratiga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 yanv 2024
Davlatobod tumanida joylashgan Namangan viloyati 17-futbol maktabi joriy yil yangicha qiyofaga kiradi.

Bugun viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishdi.

Asosiy bino ta'mirlanib,  sportchilar uchun sharoitlar yaratiladi. 

Xususan,  qo'shimcha kiyim almashtirish xonalari tashkil etiladi. 2 ta stadionga suniy qoplamali chim yotqiziladi. Viloyat rahbari loyihani tezlatish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma berdi.

Shundan so'ng Porloq mahallasi hududida joylashgan Namangan  futbol akademiyasida  olib boriladigan 2 - bosqich qurilish loyihalari bilan tanishildi. 

Viloyat hokimi boshchiligidagi Ishchi guruhi o'rganishlari davom etmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати