

2016 yilgi mavsumni boshlab berishi oldidan jamoamiz safiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkaziladi. Tadbir 16 fevral, seshanba kuni soat 10:00da "Paxtakor" stadioni matbuot anjumani zalida boshlanadi. Unda "Paxtakor" futbol klubi bosh direktori Rustam Kupaysinov va sport direktori Grigoriy Seytlin ham ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytarishadi.



