"Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Qatardan o'tishi qiyin"

Alisher
2 fev 2024, 20:08
Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Nepomnyashiy O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi-2023dagi ishtirokini baholadi.

"O'zbekiston Osiyo kubogida doim yaxshi qatnashadi. O'zbeklar sovet paytlaridayoq ushbu turnirning finaligacha borishgan. Men uchun joriy yildagi bunday muvaffaqiyatli ishtirok kutilmagan bo'lmadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham yaxshi o'ynamoqda. Qatardan o'tish qiyin bo'ladi, ammo hamma narsaning iloji bor.

O'zbekistonda futbolga bo'lgan qiziqish jiddiy. Vaziyat borgan sari yaxshilanib bormoqda: jamoalar oldingidan ko'ra boyimoqda. Hozirda Yevropa jamoalarining o'zbekistonlik o'yinchilarga e'tibor qaratishini taxmin qilish qiyin. Hamma narsaning iloji borligiga bitta misol bor - Shomurodov. Afsuski, u hozir o'ynamayapti. Shuningdek Abbos SSKAda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda", - dedi Nepomnyashiy.

Eslatib o'tamiz, rossiyalik 80 yoshli mutaxassis 2006 yilda "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com