"Paxtakor" va "Bunyodkor" sobiq hujumchisi faoliyatini "Sho'rtan"da davom ettirishi mumkin

Khoja
29 iyul 2025, 10:26
"Sho'rtan" ikkinchi davra avvalida hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Birinchi davrani "Lokomotiv"da o'tkazgan Jasur Hakimov ikkinchi davrani "Sho'rtan"da davom ettirishi mumkin. 

Hujumchi birinchi davrada "temiryo'lchilar" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

31 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Paxtakor", OKMK, "Bunyodkor", "Buxoro" va yana bir nechta jamoalarda to'p surgan. Hujumchi faoliyati davomida jami 253 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 44 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia