"Paxtakor" Superliganing eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda

Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z tarkibini Superliganing eng yaxshi assistenti bo'lgan Sardor Sobirxo'jaev bilan boyitib olmoqchi.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaevning "qaldirg'ochlar" tarkibini tark etishga yaqin turibdi. Futbolchiga ko'plab jamoalardan qiziqish mavjud. O'tgan mavsumda 12 ta golli uzatma bilan Superliganing eng yaxshi assistentiga aylangan Sardor Sobirxo'jaev yangi mavsumni "Paxtakor" libosida boshlashga yaqin turibdi. Ayni paytda tomonlar muzokaralarni boshlashgan.


Manba: championat.asia