

Mazkur o'yindagi hakamlik esa hali hamon ommaning diqqat markazida bo'lib turibdi. Bahsning 51-daqiqasida "Paxtakor" futbolchisining zarbasidan so'ng to'p jarima maydonchasi ichida "Neftchi" o'yinchisining qo'liga tegdi. O'zFHM bu vaziyatda qo'l tabiiy holatda, penalti berishga asos yo'q deb topgan.
"Paxtakor" ushbu vaziyatni tahlil qilish uchun OFKning hakamlar qo'mitasiga bosh hakam Temur To'xtasinov va VAR hakami Abdurashid Xudoyberganov ustidan ariza kiritmoqchi.



