

Niderlandiyalik mutaxassis rasman "Borneo" ustozi sifatida tanishtirildi. Mazkur jamoa ayni paytda Indoneziya chempionatida 41 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.
Avvalroq "Bunyodkor" niderlandiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirgandi.
Alohida aytish joiz, Piter 2018-2020 yillarda gruziyalik murabbiy Shota Arveladzening assistenti vazifasini bajargan, so'ngra u ketgach, "Paxtakor" bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan edi.



