Futzal. O'zbekiston bugun Yaponiya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
1 fev 2026, 09:41
Indoneziyada tashkil etilayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur bahslari bo'lib o'tmoqda.

Navbat "S" guruhi doirasidagi muhim qarama-qarshiliklarga. Nodir Eliboev boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun guruhdagi asosiy raqiblardan biri - Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da start oladi.

Ikki turdan so'ng milliy jamoamiz 4 ochko jamg'argan holda o'z kvartetida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Yaponiya bilan bahsdagi natija guruhdagi vaziyatga ta’sir qilishi, keyingi bosqichga chiqish yo'lida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia