"Paxtakor" Shimoliy Makedoniya jamoasi bilan murosa ko'chasini tanladi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
"Paxtakor" Antaliyadagi yig'in doirasida Shimoliy Makedoniya jamoasi bilan ro'baro' keldi.

Uchrashuvda dastlab shimoliy makedoniyaliklar hisobni ochgan bo'lsa, hisobni tenglashtiruvchi gol ham (avtogol) "Struga"ning posboni tomonidan so'nggi daqiqalarda urildi.

Ma'lumot o'rnida, "sherlar"ning raqibi ichki chempionatda 16-turdan keyin peshqadam "Vardar"dan 1 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda turibdi. 2015 yilda tuzilgan klub ikki marotaba mamlakat chempioni bo'lgan. Jamoani albaniyalik mutaxassis Bledi Shkembi boshqaradi. 

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

"Paxtakor" – "Struga" (Shimoliy Makedoniya) 1:1

"Paxtakor" (1-bo'lim): Sanjar Quvvatov, Dilshod Saitov, Shahzod Azmiddinov, Dilshod Abdullaev, Hojiakbar Alijonov (Muhammad Bobur Karimov, 35), Quvonshbek Saydaliev, Abubakir Shukurullaev, Jamshid Rustamov, Bashar Resan, Dostonbek Hamdamov, Davron To'laganov.

2-bo'lim: Maksim Murkaev, Zaid Tahsin, Muhammadali Dilshodbekov, Sherzod Nasrullaev, Bobur Muhammad Karimov, Sardor Mirqobilov, Sardor Sobirxo'jaev, Behruz O'ktamov, Hojimat Erkinov, Yaxyo O'rinboev, Azizbek Turg'unboev.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia