"Paxtakor" - "Qo'qon-1912". O'zaro o'yinlarda to'purar kimligini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
12 may 2021
Bugun Superliganing navbatdagi turida "Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.

Quyida jamoalarning o'zaro o'yinlardagi to'purarlari bilan tanishing

"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarda Igor Shkvirin 8 to'p kiritishga erishgan.

O'zaro o'yinlarda "sherlar" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri sanalgan Igor Shkvirin eng ko'p gol urgan - 8ta. Igor Sergeev hisobida 6ta gol mavjud. "Paxtakor"dan yana Aleksandr Pisarev 5ta, Sobir Xodiev va Valeriy Kechinov 4tadan gol muallifi bo'lgan. Kechinov ushbu to'plarning barchasini bir o'yinda kiritishga erishgan.

"Qo'qon-1912"dan esa Oydinbek Aliev va Soli Qurbonov 5tadan, Nosir Otaqo'ziev 4 golni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

"Qo'qon-1912" bilan o'zaro o'yinlar to'purarlari
8 - Igor Shkvirin
6 - Igor Sergeev
5 - Oydinbek Aliev, Soli Qurbonov
4 - Sobir Xodiev, Valeriy Kechinov, Nosir Otaqo'ziev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати