"Paxtakor" - "Qizilqum" va "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvi hakamlari 2 baho olgan ekan

Narzulla Saydullayev
21 apr 2018
Superliganing 6-turidan o'rin olgan ikki o'yin bosh hakamlari qoniqarsiz baho olishgan.

"Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvini boshqargan Vadim Agishev ikki jamoa darvozasiga penalti belgilashda xatoga yo'l qo'ygani uchun 4 ballga (2 baho) loyiq ko'rilgan.

"Nasaf" - "Lokomotiv" (2:1) o'yinida ishlagan Ilgiz Tantashev esa mehmonlar gol urgan vaziyatda qoida buzilganiga e'tibor qilmagani uchun nazoratchi tomonidan 2 bahoga loyiq ko'rilgan.

Ikkala hakam ham endi bir muddat Superliga emas PRO-liga bahslarini boshqarishadi. O'zlarini yaxshi ko'rsatishsa yana Superligaga qaytishadi.

Bu haqda O'FF Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida aytib o'tgan.

Ma'lumot uchun, kecha bo'lib o'tgan PRO-liga 3-turi doirasidagi "Orol" - "Surxon" uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshqardi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia