"Paxtakor" qanday tarkib bilan Doxaga yetib borgani ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018
"Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi uchun Qatar poytaxti Doxa shahriga yetib keldi.

Tushga yaqin Toshkentdan Doxa tomon parvoz qilgan samolyotda "Paxtakor" Qatarga keldi va mehmonxonaga joylashib ulgurdi. "Al-Garafa"ga qarshi 30 yanvar kuni "Tani Bin Jassim" stadionida kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik Doxada davom ettiriladi. Bugungi mashg'ulot Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Shota Arveladze Qatardagi o'yin uchun quyidagi futbolchilarni tanlab olgan:

Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov, Botirali Ergashev*
Himoyachilar - Kamoliddin Tojiev, Akmal Shorahmedov, Marko Simich, Farruh Sayfiev, Vladimir Kozak, Egor Krimec, Sherzod A'zamov.
Yarim himoyachilar - Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, Doston Ibrohimov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Rostin Griffits, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev, Jasur Yaxshiboev*
Hujumchilar - Tiago Bezerra, Jasur Hakimov, Zabihillo O'rinboev*

* - Ergashev, Yaxshiboev va O'rinboev 29 yanvar kuni Doxaga Xitoydan yetib kelishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz