"Paxtakor" "Milan", "Bayer" va "Volfsburg"dan tepada. "Sherlar" jahon klublari reytingida 140-o'rinni egalladi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2020
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi (IFFHS) tashkiloti 2019 yilning eng yaxshi klublari reytingini e'lon qildi.

2019 yilda UEFA Chempionlar ligasi, klublar o'rtasida JCH hamda UEFA Superkubogi g'olibiga aylangan "Liverpul" reytingda birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni ispan grandi "Barselona" egalladi.


Jahon klublari reytingida (top-400) O'zbekistonning bor-yo'g'i bitta klubi bor va u "Paxtakor". "Sherlar" umumiy reytingda 140, Osiyo klublari o'rtasida esa "Al-Saad" bilan 6-o'rinni band qildi. Eng qizig'i, Toshkent klubi jahon klublari reytingida "Milan", "Bayer", "Lokomotiv" (Moskva), "Volfsburg", "Marsel" kabi jamoalardan tepada.

Jahon klublari reytingi - 2019 (IFFHS)
O'rinKlubMamlakatOchko
1"Liverpul"Angliya316
2"Barselona"Ispaniya293
3"Manchester Siti"Angliya284
4"Flamengo"Braziliya275
5"Seltik"Shotlandiya269
6"Valensiya"Ispaniya268
7"Ayaks"Niderlandiya249,5
8"Chelsi"Angliya249
9PSJFransiya243
10"Vulverxempton"Angliya236
140"Paxtakor"O'zbekiston112


Osiyo klublari reytingi - 2019 (IFFHS)
O'rinKlubMamlakatOchko
1"Al-Hilol"Saudiya Arabistoni159
2"Ulsan"Janubiy Koreya138
3"Chonbuk Motors"Janubiy Koreya135
4"Al-Nassr"Saudiya Arabistoni125
5"Kashima Antlers"Yaponiya118,5
6"Al-Sadd"Qatar112
6"Paxtakor"O'zbekiston112
8"Xa Noy"Vetnam107,5
9"Shanxay SIPG"Xitoy105,5
10"Shandon Luneng"Xitoy105

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: iffhs.de