

Chorshanba kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida jamoa futbolchilarining Inchonda o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi munosabati bilan matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Osiyo o'yinlarida Nikita Ribkin, Davron Hoshimov, Egor Krimec, Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev ishtirok etadi. Tadbir soat 11:00da boshlanadi. Unda futbolchilardan tashqari jamoa sharafini himoya qilgan faxriylar, klub vakillari va "Paxtakor" bosh menejeri Samvel Babayan qatnashadi. Tadbirga barcha sport jurnalistlarini taklif etamiz.



