"Paxtakor": Matbuot anjumaniga taklif etamiz

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2017, 21:46
23 iyun, juma kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi.

Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi bosh murabbiy gruziyalik Shota Arveladze va jamoamizning yangi a'zosi Chernogoriya terma jamoasi futbolchisi Marko Simich tanishtiriladi. Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati ham ishtirok etadi.

23 iyun kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat 19:00da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz