“Paxtakor“ hujumchisi ikkinchi davrani “Dinamo“da o'tkazadi

Khoja
11 iyul 2025
“Paxtakor“ hujumchisi Ulug'bek Hoshimov ikkinchi davrani boshqa jamoada boshlaydi.

24 yoshli futbolchi faoliyatini Samarqandning “Dinamo“ klubida o'tkazadi. Buni samarqandliklar ustozi Vadim Abramov ham tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Hoshimov o'tgan yilning yozida “Surxon“dan “Paxtakor“ga ko'chib o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia