Superliga. "Dinamo" o'z uyida kambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2026
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

“Dinamo” - “So'g'diyona” 2:1  

08 aprel 2026 yil. Samarqand, "Dinamo" stadioni. 20:15

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Husan Xudoyberdiev, Daniil Yacenko, Nurbek Sheraliev

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev.

Gollar: Islom Qobilov 51, - 0:1 (Lyupcho Doriev). Anvarjon Hojimirzaev 76, - 1:1. Firdavs Abdurahmonov 78, - 2:1 (Hislat Halilov). 

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 4.Nurillo To'xtasinov, 5.Mahamad Dembele, 6.Jahongir O'rozov, 7.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvarjon Hojimirzaev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Hislat Halilov, 73), 22.Ulug'bek Abdullaev (20.Jaloliddin Jumaboev, 46), 44.Kinsli Sarfo (8.Azizbek Amonov, 46), 97.Til Mavretich (16.Dramane Salou, 66), 99.Ulug'bek Hoshimov (37.Firdavs Abdurahmonov, 46).

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 17.Salim Mustafoev, 19.Mauro Brasil, 77.Behruzbek Oblaqulov.

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov (29.Amirbek Saidov, 84), 7.Aleksandr Bolevich (77.Oybek Nurmatov, 53), 8.Suhrob Izzatov (70.Jasur Jaloliddinov, 84), 9.Feysal Mulich, 10.Javohir Qahramonov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 53), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 32.Nodirjon Soyibov.

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 17.Ollabergan Karimov, 21.Tohirbek To'xtasinov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 42.Sardorbek Erkinov, .

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+5. O'yin tugadi. “Dinamo“ - “So'g'diyona“ 2:1.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi 

82. Zarba! Halilovning zarbasi himoyachiga tegib darvozaga bordi, Isoqov o'z o'rnida

78. GOL! FIRDAVS ABDURAHMONOV! Salouning uzatmasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, Halilovning to'p uzatishidan keyin Abdurahmonov gol urdi - 2:1. 

76. GOL! ANVARJON HOJIMIRZAEV! Amonovning zarbasi himoyachiga tegib Hojimirzaevga bordi, uning birinchi zarbasidan keyin Isoqov to'pni qaytardi, keyingi zarbadan keyin Hojimirzaev baribir gol urdi - 1:1. 

73. O'zgarish. “Dinamo“. Abdusalomov o'rniga Halilov tushdi 

68. ZARBA! Qobilovning zarbasi yo'liga Dembele to'g'anoq bo'ldi

66. O'zgarish. “Dinamo“. Mavretich o'rniga Salou maydonga tushdi

61. GOL! ISLOM QOBILOV! Dorievning uzatmasini Qobilov bir harakat bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 0:1. 

58. ZARBA! Jumaboevdan kuchli zarba... Darvozabon bir amallab to'pni egallab oldi

53. O'zgarishlar. "So'g'diyona". Qahramonov va Bolevich o'rniga Jo'raqo'ziev va Nurmatov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarishlar. “Dinamo“. Hoshimov, Abdullaev va Sarfo o'rniga Abdurahmonov, Jumaboev va Amonov tushdi 

45+2. Birinchi bo'lim tugadi, hozircha 0:0. Tanaffus

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi 

45. ZARBA! Bolevichning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi

41. ZARBA! Qodirqulovning zarbasidan keyin Isoqov to'pni ushlab oldi 

39. Hojimirzaevning uzatmasini Hoshimov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Isoqov o'z o'rnida 

36. Anvarjon darvozabon oldinga chiqib ketganini ko'rib zarba yo'lladi, ammo himoyachilar to'pni qaytarib qolishdi

33. To'xtasinov va Abdusalomovning o'zaro xatosidan keyin Doriev qarshi hujumga o'tdi, ammo O'rozov vaziyatni bartaraf etdi

23. Xavfli vaziyat. Hojimirzaevning chap qanotdan uzatgan to'pini Isoqov egallab oldi 

14. To'xtasinov chap qanotda bugun Azizbek Amonovning nuqtasida harakat qilmoqda. Uning ikki uzatmasi ham xavfli vaziyatga sabab bo'ldi

13. Zarba! Bolevichning burchakdan oshirgan to'pini Mulich boshi bilan yo'lladi, noaniq 

10. ZARBA! Bolevichning jarimadan uzatgan to'pini Ivanovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq! 

7. ZARBA! Dastlab Hoshimov, so'ng Abdullaevning zarbasi noaniq chiqdi

3. “Dinamo“dan dastlabki hujum - To'xtasinov - Abdusalomov kombinaciyasidan keyin Hoshimovning zarbasi noaniq chiqdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

-Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia