

Futbolchi SSKA ixtiyorini tark etib, Turkiyaga yo'l olgan. U "Istanbul Bashakshehir"ga 7,5 million evro evaziga o'tsa, "Paxtakor" bu transferdan 10 foiz ulush oladi (750 ming evro). Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
Avvalroq Abbos Fayzullaev Eldor Shomurodov bilan bir jamoada to'p tepishi va 11-raqamda o'ynashi ma'lum qilingan edi.



