"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2019, 11:06
27 noyabr kuni Coca-Cola Superligasida 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Mazkur turdan o'rin olgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi o'yin “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

Birinchi davrada “Bunyodkor” stadioni tayyor bo'lmagani uchun “Paxtakor” uchrashuvni o'z maydonida qabul qilishga rozi bo'lgan edi. Kelishuvga ko'ra, ikkinchi uchrashuv ham “Paxtakor”da o'tishi kerak edi. Biroq “sherlar” muddatidan avval chempion bo'lgani, shuningdek, ayni vaqtda “Bunyodkor” stadioni o'yinlarga tayyor bo'lganidan kelib chiqib, yuqoridagi qarorga kelindi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz