"Paxtakor" BAA va Turkiyada xorij yig'ini o'tkazadi

17 dek 2013, 21:33
Dastlabki yig'in Toshkent va Qibrayda yangi yil bayramigacha davom etadi.
 4 yanvar kuni 2 haftalik mashg'ulotlarni o'tkazish uchun Sharjaga jo'nab ketiladi. U yerda 4 nazorat o'yinida maydonga tushish rejalashtirilgan. Raqiblardan birining nomi ma'lum, Xarkovning "Metallist" klubi bilan bellashuv 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Keyin yana Qibrayda 7 fevralgacha shug'ullanadigan "sherlar" 7 fevral kuni Turkiyaning Belek shaharchasiga yo'l olishadi. Belekdagi yig'in 21 fevralga qadar davom etadi. Turkiyada ham 4 raqib bilan nazorat bahslari o'tkazish mo'ljallanmoqda.  
 

Manba: pakhtakor.uz