"Paxtakor": Asosiy tarkib 14 dekabrgacha tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2014
O'n karra chempionga aylangan "Paxtakor" futbolchilari bir oylik tanaffusga chiqishdi.
Futbolchilar 14 dekabrga qadar dam olishadi. Keyin ular Toshkentda yangi yil bayramigacha 2 hafta davom etadigan ilk yig'inda ishtirok etishadi. Murabbiylar shtabi esa menejer Samvel Babayan boshchiligida yangi mavsumga tayyorgarlik rejalarini tuzib chiqishmoqda.

Yaqin kunlar ichida yig'inlar, ularning muddati va joyi to'g'risida to'liq ma'lumot beramiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz