

Uchrashuvdan keyin "burgutlar" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov Doniyor Abdumannopovning "Paxtakor"ga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi savolga javob berdi.
- Abdumannopovga chempionat yetakchilaridan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar bor. Masalan, "Paxtakor" uni o'z safida ko'rmoqchi. Futbolchini jamoada saqlab qolasizlarmi?
- Qiyin savol bo'ldi. Men sobiq futbolchi yoki amaldagi murabbiy sifatida fikrimni bildirsam, u yaxshi jamoada o'ynashini xohlayman. "Paxtakor" yoki boshqa kuchli jamoalarga o'tishi futbolchining o'sishiga xizmat qilsa, uni qo'yib yuboramiz, albatta. Takrorlayman, bu Doniyorning o'sishiga xizmat qilishi kerak.
Ayni paytda u yaxshi formaga kirib oldi. Hozircha u "Andijon"da qolgani va o'z ustida ishlashda davom etgani, yanada kuchliroq maqul.




