"Paxtakor" - "Al Hilol". Suyunov va Cheran maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2020, 10:32
17 sentyabr kuni OCHL 4-turida "Paxtakor" yana "Al Hilol"ga qarshi o'ynaydi.

Ushbu bahsda "Paxtakor"ga ikki nafar asosiy futbolchisi yordam bera olmaydi. Darvozabon Eldorbek Suyunov kechagi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Shu bois navbatdagi o'yinda Suyunov qatnasha olmaydi. 

Bundan tashqari "sherlar" yetakchisi Dragan Cheran kecha mavsumdagi ikkinchi sariq kartochkasini oldi. U 2-turda "Shahr Xodro"ga qarshi o'yinda ham ogohlantirilgandi. Shu sababi Cheran 17 sentyabr kungi "Al Hilol"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. 

Ayni paytda Dostonbek Hamdamov, Sherzod A'zamov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Anzur Ismoilov va Akrom Komilovda bittadan sariq kartochka bor. Agar ular yana bitta sariq kartochka olishsa navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia