"Paxtakor-79" jamoasi Birinchi ligadan chetlashtirildi, klub o'yinchilari liganing istalgan boshqa jamoasiga o'tishlari mumkin

Alisher
12 may 2024
Avvalroq Liga "Paxtakor-79" minimal talablarni bajarishi uchun o'z yordamini taqdim etgani hamda etarlicha imkoniyat bergani haqida ma'lum qilingandi.

Shunga qaramay, "Paxtakor-79" jamoasining xorijlik investori O'zbekiston qonunchiligi asosida faoliyat olib borishni eplay olmadi. Mavjud holatni inobatga olib, Liga jamoani Birinchi liga o'yinlaridan chetlashtirishga qaror qildi. 

Mavsum avvalida "Paxtakor-79" bilan shartnoma imzolagan futbolchilar Birinchi liganing istalgan boshqa jamoasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Ularning ehtimoliy yangi shartnomasi yoki kelishuv bitimi istisno tariqasida Liga ro'yxatidan o'tkazib beriladi.


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz