

Bu ikki jamoa hozirga qadar Superligada 54 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 6 ta o'yinda "burgutlar", 39 ta bahsda "sherlar" g'olib bo'lishgan. Yana 9 ta uchrashuvda tomonlar durang o'ynashgan.
"Paxtakor" bu raqibni so'nggi bor safarda 2020 yilgi mavsumda mag'lub etgan. Shundan keyin Andijonda o'tgan 2 ta uchrashuvda "Andijon" 2 marta bir xil 1:0 hisoblarida g'olib bo'lgan.



