

"Bekorga sovurilgan 1,5 soat. Bugun ko'rgan o'yinimizni futbol deb atash ham qiyin. Menimcha tarkib bo'yicha qandaydir majburiyatlar bo'lgan.
Bugun maydonga chiqqan futbolchilar o'z jamoalari yetakchilari. Ular o'ynab berishdi. Ammo afsus, buni futbol deya olmaymiz. Shunchaki darvozasiz kvadrat o'yinini o'ynashdi.
Vaziyatlarsiz zerikarli futbol. Tojikiston o'yiniga moslashishdi - ularga mos futbol o'ynashdi. Mezbonlar ajoyib. Xarakter va xohishni ko'rsatishdi.
Uch kundan so'ng O'zbekistonga qarshi o'yin. To'g'ri tushunayotgan bo'lsam, boshqa tarkib bo'ladi. Raqib ham umuman boshqa - kuchliroq. Balki uch kundan so'ng xursand bo'larmiz. Ammo bugun xech kim xursand bo'lmadi", - dedi Pavlyuchenko.



