Pavel Smolyachenko: "Yozyovon-Lochinlari" qo'pol o'yin namoyish etmadi"

Narzulla Saydullayev
22 mar 2016, 17:39
O'zbekiston kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Buxoro" (0:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Pavel Smolyachenko o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin ancha qizikarli tarzda kechdi. Garchi o'yinda "Buxoro" to'liq ustunlik qilgan bo'lsada, raqiblarimiz ham yaxshi harakat qilishdi. Eng asosiysi bu uchrashuvda "Yozyovon-Lochinlari" a'zolari qo'pol o'ynashmadi. Odatda bunday o'yinlarda yo'q joydan jiddiy jarohat olish mumkin. Raqiblarimiz va yozyovonlik muxlislarga rahmat aytamiz. Ular bizni munosib tarzada kutib olishdi va kuzatib qo'yishdi" - dedi o'yindan keyin Smolyachenko.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia