Boisi tajribali posbon Pavel Bugaloning klubni tark etgan. 39 yoshli darvozabon oxirgi uch mavsumdan buyon "Lokomotiv" jamoasi darvozasini qo'riqlab kelayotgandi. Shu vaqt oralig'ida u ko'plab o'yinlarda jamoadoshlarini maydonga sardor sifatida boshlab tushdi. Ammo olingan ma'lumotlarga ko'ra, 39 yoshli golkiper "temiryo'lchilar" bilan xayrlashgan. Bunga nima sabab bo'lgani hozircha ma'lum emas.
Bugalo bu bilan qo'lqoplarini mixga ilmoqchi emas. Sababi mahoratli posbon sport formasini ushlab turish maqsadida "NBU-Osiyo" maydoni bo'lmish "Yoshlik" stadionida mashg'ulot o'tkazib turibdi. Faoliyati davomida ko'plab klublar sharafini himoya qilgan darvozabonning keyingi taqdiri qanday kechishini vaqt ko'rsatadi.