Kuni kecha darvozabon mamlakat chempioni bilan shartnoma imzoladi. Uning qaytishini klub matbuot xizmati bee'tibor qoldirmay, Bugalodan intervyu oldi.
- Pavel, avvalo kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan muborakbod etmoqchiman. Aytingchi, “Bunyodkor”ga qaytishingiz qanday amalga oshdi?
- “Bunyodkor” safida avval uch mavsum o'ynab, O'zbekiston kubogida g'olib chiqdim va chempion bo'ldim. Shuning uchun ham yana bu klub a'zosiga aylanganimdan xursandman. Bir paytlar hozirda “Bunyodkor”ning murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotganlar bilan maydonda to'p tepganman. Shuning uchun ham klubdagi kelajagimga ishonch bilan qarayapman.
- Siz – mashhur va tajribali darvozabonsiz. Biroq anchadan beri qita miqiyosidagi turlarda ishtirok etmadingiz. Osiyo Chempionlar ligasiga qaytishingiz va ushbu musobaqada muvaffaqiyatli harakat qilishingizga qanday qarayapsiz?
- Yig'inlar davomida har kim o'z mahoratini to'la namoyish qilishga intiladi. Murabbiylar shtabida tanlash imkoniyati bor. Albatta men asosiy tarkibga loyiq ekanligimni isbotlashga va klubning katta g'alabalariga o'z ulushimni qo'shishni istayman.
- Futbol – nafaqat muxlislar qarshisidagi o'yin, balki maydon tashqarisidagi mashg'ulotlardan ham iborat. Aytingchi, shu yoshingizda ham yuqori sport formasida turishni qanday uddalayapsiz?
- Avvalo, inson o'z kun tartibiga amal qilishi kerak. Yoshing ulg'ayib borgach, sen uchun oxirgi imkoniyatlar berilayotganini his qilib yasharkansan. Shuning uchun e'tiborimni mashg'ulotlarga qaratib, o'z jismoniy holatimni bir maroimda saqlashga intilyapman.
- Muxlislarning fikricha, yillar davomida yig'gan boy tajribangiz bilan “Bunyodkor”dagi faoliyatingiz orqali o'zbek futboliga ko'p foyda keltirasiz.
- Muxlislarning bunday ishonchini eshitish yoqimli. Men o'zimda bor mahoratni ishga solgan holda “Bunyodkor”ning uchala musobaqada ham g'olib chiqishiga harakat qilaman. Fursatdan foydalanib, muxlislarni, jamoadoshlarim va barcha futbolchilarni, mutaxassis va ustozlarimni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlayman.
Doniyol Ro'zimov suhbatlashdi