Pavarning jarohati jiddiy emas, Lukada esa ahvol yaxshimas

Оқил Абдубарноев
14 sen 2022
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavarning jarohati jiddiy emas.

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi tez orada mashg'ulotlarni davom ettiradi va hafta oxiri Bundesliga doirasidagi "Augsburg"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, kecha Pavar Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Fransiyalik futbolchi 21-daqiqada “ko'k-anorranglilar” himoyachisi Markos Alonso bilan to'qnashuvdan so'ng almashtirildi.

O'z navbatida, "Bavariya"ning yana bir himoyachisi Luka Ernandes son qismidagi jarohati tufayli 5 haftani o'tkazib yuboradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport Bild