Paulu Fonseka: "Roma" transfer oynasi yakuniga qadar qimmatbaho markaziy himoyachini topishga umid qilmoqda"
"Roma" bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Jenoa" bilan o'yindan (3:3) so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Oldin aytganimdek, o'z o'yinchilarimga ishonaman. Ma'lumki, biz markaziy himoyachi izlayapmiz va transfer oynasi yakuniga qadar shartnoma imzolashga umid qilmoqdamiz. Bizga arzon o'yinchi kerak emas", - deydi Fonseka.