Paulo Dibala "Inter" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
15 iyun 2022
"Yuventus" sobiq hujumchisi Paulo Dibala "Inter" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Futbolchi Milan klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Uning "Inter"dagi maoshi bonuslar bilan yiliga 8 million evro atrofidagi miqdorni tashkil etadi. 28 yoshli argentinalik tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Dibala o'tgan mavsum "Yuventus" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 9ta assist qayd etdi. U Turin klubini erkin agent maqomida tark etmoqda.


AlisherMuallif
Manba: TyC Sport