Paulino: "Inesta maydonda men hech qachon ko'rmagan narsalarni bajaradi"

Tolibjon Qosimov
15 noya 2017
"Barselona" yarim himoyachisi Paulino jamoadoshi Andres Inestaning o'yiniga baho berib o'tdi.

"Men ko'proq Inestaga e'tibor qarataman, unga qoyil qolaman. U boshqalardan ajralib turadi, shuning uchun har doim maydonda uning harakatlarini kuzatishga harakat qilaman.

Inesta – taqlid qilish uchun namuna. Mashg'ulotlarda va o'yinda u men hech qachon ko'rmagan narsalarni bajaradi. Bazida u to'pga 3 yoki 4 marotaba tegdi deb o'ylaysan, aslida esa u to'pga bor yo'g'i bir marotaba tekkan bo'ladi. Uning harakatlarini tasvirlab berib bo'lmaydi", - dedi Pauliono.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Globoesporte