Patris Evra “Vest Xem” o'yinchisiga aylandi. FOTO

Himoyachi erkin agent maqomida edi.

“Vest Xem” klubining rasmiy saytining xabariga ko'ra, Patris Evra jamoaning yangi a'zosiga aylandi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun klubning Rash Grindagi bazasiga yetib kelgandi. Evra klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma tuzdi va o'ziga 27-raqamni tanladi.

Xabar berilishicha, muxlisni tepib “Marsel”dan quvilgan Patris Evraga “Everton” ham qiziqish bildirgan, ammo futbolchining o'zi London klubi safida to'p surishni istagan.


Manba: “Вест Хэм” клубининг расмий сайти