"Parma" Jilardinoni Italiyaga qaytarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2015
"Parma" rahbariyati Xitoyning "Guanjou Evergrand" hujumchisi Alberto Jilardino bilan shartnoma imzolamoqchi.

Xabarlarga ko'ra, klub 32 yoshli hujumchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Jilardino 2002-2005 yillarda "Parma" safida o'ynagan va 56ta gol urgan.

Jilardino 2014 yilning yozida "Guanjou Evergrand"ga o'tgan. Futbolchi bu Xitoy chempionatida bu mavsumda 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com