"Parma" "Real" sobiq himoyachisini sotib olmoqchi

Alisher
16 avg 2019
"Real", "Monako" va "Benfika" sobiq himoyachisi Fabiu Koentrau "Parma" qiziqishlari doirasida.

Italiya klubi 31 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan transferlar oynasi yakuniga qadar shartnoma imzolamoqchi.

Koentrau iyuldan boshlab erkin agent maqomida yuribdi. Uning so'nggi klubi "Riu Ave" bo'lgan edi.

U yakunlangan mavsum klubi safida barcha turnirlarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi "Riu Ave"dan tashqari "Benfika", "Nasonal", "Real Saragosa", "Real", "Monako" va "Sporting" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia