"Pari Sen-Jermen" Kolo-Muani bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023
"Pari Sen-Jermen" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, parijliklar shu hafta Gonsalu Ramushni qo'lga kiritganiga qaramay, Kolo-Muani variantidan voz kechishmagan.

24 yoshli forvard o'tgan mavsum "Ayntraxt" safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano