Parexo Vinisius haqida: "Ajoyib sportchi, ammo o'yinchilar o'zini futbolga bag'ishlashi kerak. Meni piyonista deyishardi, lekin bunga e'tibor bermaganman va javob qaytarmaganman – bunday odamlardan yuqoriroq bo'lish zarur"

Omonjon To`xtamirzayev
28 mar 2024
Dani Parexo "Real" futbolchisi Vinisius Juniorning maydondagi harakatlarini tanqid qildi.

"Men uni juda kuchli, yorqin, o'ta iqtidorli va ajoyib futbolchi deb bilaman. Men hech qachon o'zimni dunyoning eng kuchli jamoasining eng zo'r futbolchisi rolida sezmaganman. Biroq biz futbolchilar o'zimizni o'yinga bag'ishlashimiz kerak. Provokaciyalar har bir uchrashuvda bo'ladi. Bunga qarshi tura olishni o'rganish zarur.

Siz "Real" safida harakat qilarkanszi [atrofingizda] doimo o'zgacha atmosferada bo'lasiz, to'xtovsiz sizning asabingizga tegishga urinishadi. Ammo men ham turli stadionlarda o'ynaganman, meni piyonista yoki yana nimalardir deyishardi, lekin men ularga e'tibor bermasdim va javob qaytarmaganman. Futbolchi bunday odamlardan yuqoriroq bo'lishi zarur. Hozirgi harakatlari bilan u xatoga yo'l qo'ymoqda", – dedi "Vilyarreal" futbolchisi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca