

"Bunday sharoitda o'ynash juda qiyin edi. Agar boshqa raqiblar bilan o'yinda saviyadagi farq sezilgan bo'lsa, Germaniya bilan o'yinda bu yanada yaqqolroq namoyon bo'ldi. Shogirdlarimning fidoyiligi va o'z ishiga sodiqligidan baxtiyorman, ayniqsa, ulardan bazilari qattiq jismoniy kurashlar sabab safdan chiqqanini inobatga olsak.
Ehtimol, biz keyingi bosqichdayoq musobaqani tark etarmiz, ammo bu o'yin chinakam epos edi va bu yigitlarda bo'lgan o'zgarish kuchi shundadir. Raqiblarimiz Yevropaning eng yaxshi akademiyalarida tarbiyalanib ulg'ayishgan, biz esa qizil tuproqdan, ota-onasi farzandlari uchun ko'p narsani qurbon qiladigan oilalardan chiqqanmiz. Ular kabi to'rt karra jahon chempionlari erishgan taraqqiyot darajasiga bir kun kelib biz ham yetishishni istardim.
Bu hayotimdagi eng buyuk g'alaba. Unda qon, fidoyilik va haqiqiy qahramonlik qorishib ketdi. O'yin tugaganidan so'ng maydonni uzoq vaqt tark eta olmadim – shu onning har bir daqiqasini qalbimga muhrlashni istadim", - dedi Alfaro.



