Paketa "Milan"ni avvalgi darajasiga qaytarish niyatida

"Milan"ning yangi o'yinchisi Lukas Paketa klubdagi maqsadlari haqida aytib o'tdi.

"Umid qilamanki, sheriklarim bilan birga "Milan"ni yana g'alaba sari boshlaymiz va jamoaning oldingi holatiga qaytara olamiz. Gattuzo menga jamoaga kelib qo'shilishim bilanoq bu erda o'zimni uyimdagidek his qilishimni ta'kidladi. Murabbiyimiz o'yinchilarga ko'p energiya va motivaciya beradigan ajoyib inson. "Milan" bilan Yevropa chempionlar ligasida zafar quchmoqchiman", - deya Paketaning so'zlarini keltirdi Football Italia nashri.


Manba: Football Italia