Pablo Sabaleta: "Liverpul"ga qarshi o'yinda Aguero bizga katta yordam beradi"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2014
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaleta Serxio Aguero jarohatidan qutulganidan xursand ekanligini ma'lum qildi.
"Biz Serxioni sog'inganmidik? Albatta! U juda tezkor. Serxio o'yinni tubdan o'zgartirib yubora oladi. "Liverpul"ga qarshi o'yinda u bizga katta yordam bera oladi, bunga ishonaman", - deydi Sabaleta "Siti" rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net