

Bu safar bahsga Milan shahri meri Juzeppe Sala aralashdi.
Mojaro nimadan boshlandi?
O'yinning 42-daqiqasida turinliklar himoyachisi Per Kalyulyu maydondan chetlatildi. Vaziyatda "Inter" a'zosi Alessandro Bastoni raqib bilan to'qnashuv bo'lmasa-da, o'zini chiroyli tarzda maydonga tashladi va hakamni aldashga muvaffaq bo'ldi. Bastoni qizil kartochkani xuddi gol urgandek nishonlagani esa turinliklarning g'azabini qo'zidi.
"Yuventus" afsonalarining etirozi:
Djordjo Kellini: Hakamlar boshlig'i Janluka Rokkini iste'foga chiqishga chaqirdi.
Alessandro Del Pero: "Inter" shundoq ham kuchli ekanini va bunday nohaq "yordam"lardan xursand bo'lmaslik kerakligini ta'kidladi.
Merning "zarbasi":
Milan meri Juzeppe Sala "Inter" muxlisi ekanini yashirmagan holda, Turin afsonalariga javob qaytardi:
"Bastoni xato qildi, buni bilamiz. Lekin faoliyati davomida "dahshatli" simulyaciyalar ishlatgan odamlarning izohlarini ko'rib hayron qoldim. Kellini va Del Peroning simulyaciyalari aks etgan kadrlar hali ham aylanib yuribdi. Endi esa ular o'zlarini "axloq posboni"dek tutishyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda nafrat uyg'otishdan oldin ehtiyot bo'lish kerak", - dedi Sala.
Shuningdek, mer Bastoni aqlli yigit ekanini va qilgan ishi xato ekanligini o'zi ham tushunib turganini qo'shimcha qildi.
Italiyada "Derbi d'Italiya" maydondan tashqarida ham davom etmoqda. Bu bahslar hali beri tugamaydigan ko'rinadi.



