O'zil Turkiyaning boshqa klubiga o'tadi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2022
Germaniyalik yarim himoyachi Mesut O'zil "Istanbul Bashakshexir" klubiga borib qo'shiladi.

Avvalroq futbolchining "Fenerbaxche" bilan shartnomasi bekor qilingani aytib o'tilgandi. 

Yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ismoil Kartal bilan mojaro tufayli jamoadan chetlashtirilgandi. Mesut turk klubidagi so'nggi o'yinini 20 mart kuni o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, O'zil sobiq jamoasi safida 32 ta o'yin o'tkazib, 11 ta samarali harakatni amalga oshirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN