O'zil: "Albatta, "Arsenal"ga yordam berishni xohlardim, ayniqsa, hozir"

Alisher
24 dek 2020
Londonnning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O'zil jamoasining APLdagi muammolari haqida gapirdi.

"Hozir klubdagi barcha uchun qiyin paytdir. Og'il vaziyat barchani xafa qilmoqda. Albatta, men jamoaga yordam berishni xohlardim, ayniqsa, hozir, ammo menga imkon berilmayapti, umid qilamanki, natijalar yaqin vaqtlarda yaxshilanadi", - deb yozdi 32 yoshli o'yinchi Tvitter sahifasiga.

O'zilning shartnomasi yana yarim yilga mo'ljallangan, u joriy mavsum APL va Yevropa Ligasi uchun qaydnomaga qiritilmagan.

Eslatib o'tamiz, Mesut "Arsenal" tarkibida eng katta maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MesutOzil1088