O'zbekistonlik yoshlar futzal bo'yicha jahon chempioniga aylanishdi! (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017
Futzal bo'yicha 18 yoshgacha bo'lgan futzalchilardan tashkil topgan O'zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi Tayland poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi.

Bu haqda bizga "Feysbuk" orqali Sarvar Muhammad ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, har bir o'yin oldidan Vatanimiz madhiyasini baralla aytib, ko'zlariga yosh olayotgan hamyurtlarimiz turnir finaliga qadar yetib borishdi. Guruh bosqichining ilk o'yinida vakillarimiz ancha kuchli Shvetsiya terma jamoasini 5-3 hisobida mag'lub etishdi. Ikkinchi turda Indoneziya 17-2 hisobida tor-mor etildi. Guruhning so'nggi o'yinida Kuvaytga qarshi zalga chiqqan yurtdoshlarimiz 9-2 hisobida g'alabaga erishib, 100 foizlik natija bilan yarim finalga yo'l oldilar. Yarim finalda tarkibda bir qancha yo'qotishlar bilan o'ynagan O'zbekiston amaldagi jahon chempioni Rossiyani 3-2 hisobida mag'lub etdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Shvetsiyani 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylanishdi. Ushbu yirik muvaffaqiyat bilan yigitlarni muborakbod etamiz.

Shvetsiya - O'zbekiston 3:5

O'zbekiston - Indoneziya 17:2

O'zbekiston - Quvay 9:2

O'zbekiston - Rossiya 3:2

O'zbekiston - Shvetsiya 4:2





Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia