

AGMK Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahs olib borsa, "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, ertaga Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham OCHL saralash o'yinlari o'tkaziladi. Jumladan, Taylandda "Chiangray Yunayted" jamoasi Myanmaning "Yangon Yunayted" jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yinda o'zbekistonlik Olim Arifov komissar sifatida ish olib boradi.
Ma'lumot uchun, Olim Arifov o'tgan yili Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati o'yinlarida ham komissar sifatida ishlagan edi.



