O'zbekistonlik kibersportchi jamoasi bilan norasmiy jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2019, 12:22
Shu kunlarda Germaniya poytaxti Berlin shahrida Counter-Strike bo'yicha norasmiy jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Ayni damda musobaqaning pley-off bosqich bahslari o'tkazilyapti. Turnirda o'zbekistonlik kibersportchi Sanjar Kuliev (SANJI) Qozog'istonning "Avangar" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Kecha, 5 sentyabr kuni "Avangar" "Team Vitality"ni sensacion tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Ular yarim finalda "Renegades"ga qarshi kurashishadi.


Bugun sovrin jamg'armasi 1 mln. dollar bo'lgan turnirning navbatdagi chorak final o'yinlari o'tkaziladi.

Turnir chempioniga aylangan jamoa 500 ming dollar bilan uyga qaytadi. Hamyurtimiz o'ynaydigan jamoaning navbatdagi bahsi 7 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia